O‘zbekistonda o‘quvchilar barcha darslar tugamaguncha xonadan chiqarilmasligi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi 10 mingga yaqin umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yilini pandemiya sharoitida boshlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Darslar an’anaviy va gibrid usulida tashkil etiladi. Mashg‘ulotlari qay tarzda va qanday o‘tishi haqida Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, dars mashg‘ulotlari ertalab soat 8:00 dan kech soat 17:30 gacha tashkil qilinadi. Bolalarning bir vaqtda to‘planib qolishlarining oldini olish maqsadida darslarning boshlanishi tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi. 1-4 sinflar maktabga soat 08:00 gacha, 5-8 sinflar soat 08:30 gacha hamda 9-11 sinflarning kelishi soat 09:00 gacha alohida eshiklardan ijtimoiy masofa saqlab, tana haroratini o‘lchagan holda amalga oshiriladi.

Darslar “Sinf sistemasi”da ya’ni, barcha darslar bir sinf uchun bir xonada olib boriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sinf rahbarlari tomonidan maktabning asosiy darvozasi yonida kutib olinadi hamda kuzatiladi. Ota-onalarning maktabga kirib chiqishi taqiqlanadi. 

Ta’kidlanishicha, darslar oralig‘idagi tanaffuslar vaqtida qo‘ng‘iroq chalinmaydi. Barcha darslar tugamagunga qadar o‘quvchilar sinflardan chiqarilmaydi. Ular tanaffus vaqtida xonada o‘tkazadilar. Sinfxonalar ko‘chadagi havo haroratidan kelib chiqqan holda shamollatib boriladi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 1 sentyabrdagi qaroriga asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2020-2021 o‘quv yili 14 sentyabrdan boshlanishi haqida xabar berilgan edi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

maktab

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing