Olmazorda Matiz yonib ketdi

Jamiyat 3243
image

Bugun, 1 dekabr kuni Toshkentning Olmazor tumanida Matiz rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Yong‘in soat 9:10 larda Beruniy ko‘chasida yuz bergan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:13da yetib borib, 09:14da yong‘in batamom o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan. Xozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Vazirlik barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi avtotransport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni so‘ragan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 138
Reyting: 2.9
Teglar
t
×