Olmazor tumanidagi YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Jamiyat

5e00d7e36fc11433175743 (4)

Avvalroq, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yuk mashinasi va avtobus to‘qnashgani haqida xabar bergan edik. IIV YHXBB mazkur YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, haydovchi K.N. 18-avtosaroyga tegishli bo‘lgan Isuzu rusumli 31-yo‘nalishdagi avtobusni boshqarib ketayotib, Qoraqamish 2/4 mavzesi, “Tansiqboyev” bekati qarshisida bir yo‘nalishda, o‘zidan oldinda harakatlanayotgan haydovchi M.S. boshqaruvida bo‘lgan “KamAZ” rusumli yuk transport vositasining orqa tomoniga urilgan.

Natijada, Isuzu avtobusi haydovchisi K.N. va uning bilet tarqatuvchisi fuqaro A.F. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

169

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing