Olmazor tumanida yuqori bosimli suv quvuri yorildi
Jamiyat
−
01 fevral 2021 6277 1 daqiqa
Bugun, 1 fevral kuni soat 00:20 da Toshkentning Olmazor tumanida Kichik halqa yo‘lidan o‘tgan katta bosimli yer osti suv quvuri yorilib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
Hozirda yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tuman FVB hodimlari tomonidan mutasaddi tashkilotlar hamkorligida choralar ko‘rilyapti.
E’lon qilingan videodan ko‘rish mumkinki, maxsus texnikalar yordamida yorilgan quvur atrofi ochilib, ortiqcha suvni chiqarish ishlari amalga oshirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025