Olmaotadagi yong‘inda o‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi aniqlandi
Olam
−
30 noyabr 2023
11386QALAMPIR.UZ Qozog‘istonning Olmaota shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda vafot etgan o‘zbekistonliklarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Olmaota shahrida Adi Sharipov ko‘chasidagi hosteldagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar:
• Nusrat Abdulla o‘g‘li Abduvohidov – 2000 yil 29 noyabr kuni tug‘ilgan – joriy yilning 21 noyabr kuni Qozog‘istonga borgan;
• Saylabay Indimatdinovich Kaliyev – 2000 yil 9 yanvar kuni tug‘ilgan – Qozog‘istonga qachon borgani noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 noyabr kuni soat 05:33 atrofida Olmaota shahrining Adi Sharipov ko‘chasida joylashgan binoda yong‘in chiqdi. Favqulodda vaziyat vaqtida ichkarida 72 kishi bo‘lgan. Ularning aksariyati evakuatsiya qilingan. Qutqaruvchilar yetib kelgach, 13 kishining jasadi topilgan. Ulardan 9 nafari Qozog‘iston, ikki nafari O‘zbekiston va yana ikkisi Rossiya fuqarolari ekani aniqlandi. Shuningdek, ikki kishi shifoxonaga yetkazilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar karbon monoksit (is gazi)dan zaharlanish oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkin.
Yong‘in ortidan favqulodda holat sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.
LiveBarchasi