Olmaotada uchta avtobus to‘qnashuvi oqibatida 17 kishi jabrlandi
Olam
−
13 fevral
3317Olmaotada uchta avtobus va yengil avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda 17 kishi jabrlandi. Bu haqda shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 13 fevral kuni soat taxminan 9:00larda 54-sonli avtobus haydovchisi 133-sonli avtobus va Daewoo Nexia bilan to‘qnashib ketgan.
Shundan so‘ng, 133-sonli avtobus 88-sonli avtobusga inersiya bilan to‘qnashgan. Uchala avtobus ham xususiy tashuvchilarga tegishli. Ayni paytda jami 17 kishi jarohatlangani aytilmoqda.
LiveBarchasi