Olmaotada qonli drama. O‘zbekistonlik erkak xotinining jazmanini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
03 iyul
15576Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak xotinining jazmanini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Central Media News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Olmaota viloyatining Talgar shahrida sodir bo‘lgan. 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi rashk sababli xotiniga bir necha marta pichoq urgan va ayolning 39 yoshli jazmanining uyiga borgan. U yerda ayolning o‘ynashini pichoq yordamida o‘ldirib, o‘z joniga qasd qilgan.
Bildirilishicha, politsiya ayolning jazmanini turarjoy binolaridan biridagi xonadonda bo‘yniga pichoq sanchilgan holda topgan. Xotin esa shifoxonaga yotqizilgan. O‘z joniga qasd qilishga uringan erkak keyinroq tibbiyot muassasasida vafot etgan.
LiveBarchasi