Olmaotada ishlamay qolgan zilziladan ogohlantirish tizimi tekshiriladi

Olam

image

Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Olmaotada yaqinda ishlamay qolgan zilzila haqida ogohlantirish tizimini tekshiradi. Bu haqda boshqarma rasmiy vakili Arman Tleukenov ma’lum qildi. 

Bu tizim haqida avvalroq “Adolat yo‘li” jamoat birlashmasi direktori Didar Smagulov bayonot bergan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1,1 milliard tenge (taxminan 2,5 million dollar) qiymatidagi zilziladan erta ogohlantirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning nabirasi Nurali Aliyevga tegishli.

“Biz bu ma’lumotlardan xabardormiz, hamkasbimiz Didar Smagulovning nashrini ham o‘qidik. Mazkur holat yuzasidan Olmaota antikorrupsiya agentligi “Adolat yo‘li” jamoat birlashmasi tomonidan ariza yozgan. Materiallar vakolatli organga tekshirish uchun yuborilgan va uning natijalariga ko‘ra tegishli protsessual qaror qabul qilinadi”, deydi Tleukenov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 yanvarga o‘tar kechasi Qirg‘iziston-Xitoy chegarasida bir necha bor zilzila sodir bo‘ldi. Xitoy seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 7,1 magnitudali eng kuchli zilzila Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatining Oqsu tumanida mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da yuz bergan.

Shuningdek, mintaqada magnitudasi 3 dan 5,3 gacha bo‘lgan bir necha o‘nlab yerosti silkinishlari qayd etilgan.

Zilzilani Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistonning bir qancha shaharlari aholisi ham his qildi.

Olmaotadagi favqulodda holatning dastlabki daqiqalarida, shu jumladan, hech qanday ma’lumot yo‘qligi sababli ko‘plab mahalliy aholi vahimaga tushib qolishdi. Mahalliy aholi zilzila paytida shahar sirenalari ishlamay qolganidan shikoyat qildi.

O‘z navbatida, Olmaota Favqulodda vaziyatlar vazirligi zilziladan erta ogohlantirishning avtomatlashtirilgan tizimi hozirda sinov rejimida ekanligini va u taxminan 2024 yilning birinchi yarmi oxirigacha davom etishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ogohlantirish zilzila Olmaota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made