Olmaotada ikki yoshli bola 105 ta magnit sharchani yutib yubordi

Olam

image

Qozog‘istonning Olmaota shahrida jarrohlar ikki yoshli bolaning oshqozonidan munchoqning 105 ta magnit sharchasini olib tashladi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 20 fevral kuni shahar bolalar shoshilinch tibbiy yordam markaziga 2 yoshli bola qornida begona jism borligi haqidagi taxminlar bilan yotqizilgan.

Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, bola rangli munchoqlarni bir hafta oldin yutib yuborgan. Shifokorlar ushbu bolaga tashxis qo‘ygan.

“Qorin bo‘shlig‘i organlarining rentgenogrammasi paytida 6,2x2,2 santimetr o‘lchamdagi bir nechta metall buyumlar konglomerati aniqlandi. Bola zudlik bilan shifoxonaga yotqizilib, begona jismni olib tashlandi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, dastlab, shifokorlar munchoqlarni endoskopik usulda olib tashlashga harakat qilgan, ammo magnitlarning zich to‘planishi tufayli bu imkonsiz bo‘lib chiqqan.

“Jarrohlik aralashuvi – laparotomiya va gastrotomiyani amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Operatsiya davomida bolaning oshqozonidan 105 dona magnit munchoqlar olib tashlandi”, deyiladi xabarda.

Operatsiyadan so‘ng bemor intensiv terapiya bo‘limiga, so‘ngra jarrohlik bo‘limiga o‘tkazilgan. Hozirda bolaning ahvoli qoniqarli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq farg‘onalik 2 yoshli qizning qornidan 135 ta magnit sharcha olingan edi. Qizaloq magnit sharchalar bilan o‘ynab kelgan va shu jarayonda ulardan ancha-munchasini ichiga yutgan. Vaqt o‘tishi bilan sharchalar qornida yig‘ilib qolgan va uning hayotiga jiddiy xavf solgan. Shifokorlar jarrohlik amaliyoti o‘tkazib, qizaloq qornidagi 135 ta magnit sharchani olib tashlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Olmaota magnit sharcha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing