Olmaotada fohishalik bilan shug‘ullanayotgan 14 o‘zbekistonlik ayol ushlandi
3-sahifa
−
04 dekabr 2023
7819Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan Olmaota shahrida fohishaxonalar faoliyatiga qarshi o‘tkazilgan reyd davomida fohishalik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan 14 nafar o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy matbuot bong urmoqda.
Shahar politsiya departamenti matbuot xizmatining qayd etilishicha, Olmaota politsiyasi o‘tgan dam olish kunlarida reyd o‘tkazib, 13 ta fohishaxonani aniqlagan.
“O‘tgan dam olish kunlari Olmaotada asosan massaj salonlari niqobi ostida faoliyat yurituvchi 13 fohishaxona aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Mijozlarga 51 nafar “yengil tabiatli” qizlar xizmat ko‘rsatgan, ulardan 14 nafari O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olinganlarga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 449-moddasi (Jamoat joylarida ta’qib qilish) va 492-moddasi (Qozog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tmasdan yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz yashash)ga asosan 67 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Shuningdek, fohishalik bilan shug‘ullanish uchun berilgan binolar egalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 450-moddasi (fohishalik yoki sutenyorlik uchun bila turib binolar berish) bilan 13 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Turkiyaning Sakarya shahrida, huquq-tartibot idoralari tomonidan fohishalar faoliyatiga qarshi o‘tkazilgan maxsus operatsiyada, fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 49 o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi.
LiveBarchasi