Olmaotada erkak pichoq bilan aeroport xodimini garovga oldi (video)

Olam

image

Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroportida erkak pichoq bilan aeroport xodimini garovga oldi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, hodisa bugun, 7 mart kuni parvoz oldi tekshiruvi zonasida sodir bo‘lgan. Olmaota aeroporti ma’lumotiga ko‘ra, soat taxminan 11:45 da ichki reyslar terminaliga (T1) o‘zini yo‘lovchi sifatida ko‘rsatgan shaxs kirib kelgan. Aeroport xavfsizlik xizmati tekshiruv xodimlari undan hujjatlarini ko‘rsatishni so‘ragan. Shu payt erkak tekshiruv xodimining sochidan ushlab, pichoq bilan tahdid qila boshlagan.

“7 daqiqa ichida erkak aeroport hududidagi chiziqli politsiya bo‘limi ( LOP ) va aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qurolsizlantirildi. Hozirda u LOP da va ushbu hodisa bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv olib bormoqda”, deyiladi Olmaota aeroporti matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnoyarsk shahri aeroportida 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi to‘satdan boshqa erkakka pichoq bilan hujum qilgan edi. Voqea joyiga bir necha soniya ichida yetib kelgan ikki guvoh va transport politsiyasi xodimlari erkakni qo‘lga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston aeroport Olmaota garov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing