Olmaotada 8 ta maktabga portlovchi moslama qo‘yilgani aytilmoqda

Olam

image

Qozog‘istonning Olmaota shahri politsiyasiga shahardagi sakkizta maktabga portlovchi moslamalar qo‘yilgani haqida ma’lumot kelib tushdi. Bu haqda shahar politsiyasi rasmiy vakili Saltanat Azirbekka tayanib, “Informburo.kz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 26 may kuni noma’lum shaxs tomonidan Olmaota maktablariga portlovchi moslamalar qo‘yilgani haqidagi xabarlar kela boshlagan.

Ma’lumotni tekshirish uchun barcha ko‘rsatilgan manzillarga javob guruhlari yuborilgan.

“Hozirda shahar tezkor va favqulodda xizmatlari tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi moslamalar o‘rnatilgani taxmin qilingan bir qator ta’lim muassasalarini tekshirish ishlari olib borilmoqda. Sapyor bo‘linmalari tomonidan komissiya tekshiruvi evakuatsiya qilinmasdan amalga oshiriladi”, deydi Saltanat Azirbek.

Politsiya shahar aholisidan ko‘rilgan choralarga tushunish bilan munosabatda bo‘lishni va yolg‘on ma’lumot tarqatmaslikni so‘ragan.

Ijtimoiy tarmoqlarda politsiya shahardagi 61 va 83-sonli maktablarni o‘rab olgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda, biroq Saltanat Azirbek tekshiruv o‘tkazilayotgan barcha maktablarning raqamlariga aniqlik kiritmagan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Olmaota portlovchi moslama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing