Olmaotada ham narkotik laboratoriya topildi
Olam
−
13 yanvar
2271Olmaotada ikki nafar xorijlik fuqaro giyohvandlik moddalarini ishlab chiqarayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda “Central Asia” nashri xabar berdi.
Joriy yilning 3 yanvar kuni Olmaota yaqinidagi ijaraga olingan uyda tezkor xodimlar ikki nafar xorijlik fuqaroni giyohvandlik moddalarini ishlab chiqarish jarayonida ushlagan.
Tintuvlar davomida 30 kilogramm tayyor mahsulot – “alfa-PVP” psixotrop moddasi, shuningdek, 5,5 tonnadan ortiq prekursorlar olib qo‘yilgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, dorilar Qozog‘istonda internet orqali sotilgan.
Sud qarori bilan ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida maxfiy narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yilgandi.
LiveBarchasi