Olmaliqdagi maktabda 17 yoshli qiz vafot etdi 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi maktab o‘quvchisining vafoti bilan bog‘liq turli xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 28 yanvar kuni Olmaliq shahridagi  5-sonli umumta’lim  maktabida noxush holat yuz bergan. 2009 yilda tug‘ilgan 17 yoshli qiz maktab yo‘lagida hushini yo‘qotgan. Dastlabki tibbiy yordamlarga qaramay o‘quvchi vafot etgan.

“Nemolchi.uz”ga ko‘ra, qiz og‘ir stress tufayli vafot etgan. Stress huquqni muhofaza qilish organi xodimlari ishtirokida ruxsatsiz yig‘ilish tufayli yuzaga kelgan. Uchrashuvni maktab ota-onalar qo‘mitasi vakili tashkil qilgan. Qiz ota-onalar qo‘mitasi vakilining qarindoshi yoki tanishi bo‘lgan. U soxta bahonalar bilan Ichki ishlar organi xodimini chaqirgan va qizlarga qo‘pol, baland ovozda ma’ruza qilgan. So‘ng mish-mishlarni tarqatishda “gumon qilingan” qizlar so‘roq qilish uchun alohida xonaga chaqirilgan. Xonada asosan erkaklar bo‘lgan. Marhum qiz suhbatga chaqirilganda qattiq stressni boshdan kechirgan.  Shundan keyin u maktab yo‘lagida hushidan ketib, vafot etgan, ammo bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan. 

Ayni paytda huquq-tartibot organlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Asaka tumanidagi maktab binosida o‘qituvchi ayol o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

maktab vafot etdi Olmaliq 17 yoshli qiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing