Olmaliqda shifokor koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Olmaliq shahar hokimligi Matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda aytilgan. 

Kecha, 3 iyul kuni Olmaliq shahriga “SOVID-19” infeksiyasining kirib kelishining oldini olish bo‘yicha shahar shtabi vakillarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Unda aholi salomatligini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida targ‘ibotchi guruhlarni tashkil etish, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar tomonidan karantin qoidalariga amal qilinishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish hamda targ‘ibotni muntazam ravishda davom ettirish uchun mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan.

Olmaliq shahar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi rahbari Farruh Musayevning ma’lumotiga ko‘ra, 3 iyul kuni Olmaliq shahridagi bir nafar tibbiyot xodimi va bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi tahliliga topshirilgan test natijasi musbat chiqqan. Hozirda ushbu fuqarolardan yana qaytadan test tahlillari olingan. 

“Ayni vaqtda shahar IIB tomonidan Olmaliq shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va shifoxonasi profilaktika maqsadida yopilib, tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Olmaliq Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing