Olmaliqda ikki kishi koronavirusdan vafot etgan. SSVning bundan xabari bormi?
Jamiyat
−
20 iyul 2020
10110Olmaliq shahrida joriy yilning 19 iyul holatiga 2 kishi koronavirusdan vafot etgan. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Hokimlikning shahardagi epidemiologik vaziyat haqida bergan ma’lumotida karantin mavsumi boshidan jami karantinga olingan xonadonlar soni - 940 taga, fuqarolar esa 4 273 nafarga yetgani ko‘rsatilgan.
Shundan 19 iyul holatiga 42 ta xonadon va 169 nafar fuqaro nazoratda qolmoqda. Mavsum boshidan 2259 nafar fuqarodan koronavirusga tahlil olingan.
Jami koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 28 nafar. Shundan aholi o‘rtasida 8 nafar, xorijdan kasallanib kelgan fuqarolar 20 nafar va vafot etganlar 2 nafarni tashkil etyapti.
Shuni alohida qayd etish kerakki, Sog‘liqni saqlash vazirligi bu o‘lim holatlari haqida xabar bermagan. Bu vazirlik tasdiqlagman yagona o‘lim emas.
Jumladan, Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyatidagi xodimi Adhamjon Dehqonov 61 yoshida, Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov 32 yoshida koronavirusdan vafot etganini tegishincha – Adliya va Madaniyat vazirliklari xabar berdi. Bundan tashqari mahalliy OAVda Muzrabot hokimligi xodimi koronavirusdan vafot etgani xabar qilindi.
Joriy yilning 17 iyulida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sanjar Abduqodirov 40 yoshida vafot etdi. QALAMPIR.UZ marhumga yaqin manbadan o‘lim koronavirus sabab yuz berganini ma’lum qildi. Vazirlik buni na tasdiqladi, na inkor qildi.
LiveBarchasi