Olmaliqda 3700 xonadon gazsiz qoldi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 3713 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Toshkentgaz” hududiy filiali tasarrufidagi “Olmaliq shahar gaz ta’minoti” uchastkasi xabar berdi.

Bugun, 3 oktyabr kuni ertalab soat 8:00 lar atrofida Olmaliq shahri, Mash’al ko‘chasi 17-xonadonda elektr qisqa tutashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in ta’sirida xavfli holatlarning oldini olish maqsadida 3713 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatildi. 

Qayd etiishia, barcha favqulodda holatlar bartaraf etilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Olmaliq

Baholaganlar

11

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing