Olma-otaga karantin cheklovlari qaytarildi

Olam

image
Olma-otada niqob taqish rejimi yana qaytarildi  north_east

Olma-otada niqob taqish rejimi yana qaytarildi 

Qozog‘istonda COVID-19 bilan kasallanishning ortishi munosabati bilan Olma-otada qo‘shimcha cheklov choralari kuchga kirdi. Bu haqda “Zakon” nashri xabar berdi.

Hokimiyat quyidagi cheklovlarni joriy qildi:

•    bemor bilan yaqin aloqada bo‘lgan shaxslarni masofaviy ish shakliga o‘tkazish;
•    emlanishi mutlaq mumkin bo‘lmagan xodimlarni va homilador ayollarni masofaviy ishlashga o‘tkazish;
•    yopiq muassasalarda, jamoat transportida niqob rejimi tavsiya etiladi;
•    10 dan ortiq odam ishtirokidagi majlislarni onlayn formatga o‘tkazish tavsiya etiladi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi matbuot xizmatida ta’kidlanishicha, niqob taqish tavsiyaviy xarakterga ega.

Epidemiologik xavf zonasidan qat’i nazar, havo, temir yo‘l transporti va xalqaro avtobus qatnovlarida niqob taqish tavsiya etiladi.

Sanitariya shifokorlari odamlar ko‘p bo‘ladigan yopiq joylarda (savdo markazlari, savdo uylari, yopiq bozorlar, banklar, davlat xizmatlari markazlari, kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert zallari, avtovokzallar, tomoshabinlar ishtirok etadigan sport tadbirlari, konferensiyalar va boshqalar) niqob taqishni tavsiya qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni ortib bormoqda. O‘tgan sutkada 482 ta yangi infeksiya holati qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin Olma-ota

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing