Olma-otada niqob taqish rejimi yana qaytarildi
Olam
−
05 iyul 2022
5588Qozog‘istonning Olma-ota shahrida COVID-19 bilan kasallanish holatlari ortishi sababli niqob taqish bo‘yicha talablar yana qaytariladi. Bu haqda shahar davlat sanitariya shifokori qarorida belgilangan.
Shifokor gavjum yopiq joylarda (savdo markazlari, savdo uylari, yopiq bozorlar, banklar, kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert zallari, avtovokzallar, sport tadbirlari, konferensiyalar), jamoat transportida, xalqaro yo‘lovchi tashish vaqtida niqob taqishni tavsiya qilgan. Faqatgina besh yoshgacha bo‘lgan bolalar niqob taqmasliklari mumkin.
Tashkilotlarga emlanishi mumkin bo‘lmagan va homilador ayollar, shuningdek koronavirusga chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan xodimlarga masofadan turib ishlash tavsiya qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, kecha, 4 iyul kuni shahar koronavirus infeksiyasi tarqalishi bo‘yicha “sariq” hudud deya belgilandi. O‘tgan sutka davomida Qozog‘istonda 159 ta koronavirus infeksiyasi, jumladan, Olma-otada 88 ta holat aniqlangan. Shahar aholisi 2 million kishi.
Qozog‘istonda niqob taqish rejimi joriy yilning mart oyida bekor qilingan edi.
LiveBarchasi