TIV o‘zbekistonlikning Qozog‘istonda o‘g‘irlanishi bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, o‘zbekistonlik S.Ya. Qozog‘istondagi o‘z kvartirasidan o‘g‘irlab ketilgani, jinoyat Qozog‘istonning uch fuqarosi tomonidan sodir etilgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonda o‘zbekistonlikning o‘g‘irlab ketilishi yuzasidan ma’lumot berdi.

“Joriy yilning 25 aprel kuni Qozog‘istonning Atirau viloyati Politsiya departamentining Ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi ma’lumotiga tayanib OAVda Atirau shahrining huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan bir guruh shaxslar qo‘lga olingani haqidagi habar tarqaldi. Ushbu guruh 16 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi S.Ya.ni o‘g‘irlagani va uning do‘sti O‘zbekiston fuqarosidan 300 ming tenge miqdoridagi pul olgani aytilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, konsullik-huquqiy departamenti ushbu vaziyat bo‘yicha O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi hodisani aniqlashtirish uchun zaruriy choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Qozog'iston

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing