Olma-otada 20 nafar o‘zbekistonlik pasportini oldirib qo‘ydi
Olam
−
24 iyun 2019
405520 nafar O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonning Olma-ota shahriga ishlashga borib pasportini oldirib qo‘ygani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaatni tekshirish uchun Jambil tumani Minboyev qishlog‘iga borgan.
Voqea joyida aniqlanishicha, Xorazm viloyatidan bo‘lgan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi mart oyining boshida boshqa o‘zbekistonlikning gaplariga ishonib, g‘isht zavodida ishlash uchun qo‘shni davlatga borgan. Ularning milliy pasportlari vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish va mehnat ruxsatnomasini rasmiylashtirish bahonasida olib qo‘yilgan.
Zavod egasining maosh bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagani va pasportlarni qaytarishni rad qilgani munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolari mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Xorijlik fuqarolarni noqonuniy ishga yollash fakti bo‘yicha ish ochilgan, O‘zbekiston fuqarolari esa Qaskelen shahri 1-son qabul qilish-tarqatish joyiga vaqtincha joylashtirilgan.
24 iyun kuni sud bo‘lishi kutilmoqda. Vaziyat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi