Yuzlab qozog‘istonliklar Xitoy zavodlariga qarshi namoyishga chiqdi

Olam

image

Bugun, 27 mart kuni Qozog‘istonning Nur-Sulton, Chimkent, Uralsk va Aqto‘be kabi bir qator shaharlarida Xitoyning mamlakatni “egallab olishiga” qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston OAVlari xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, namoyishchilar rasmiylarning Pekinga yer va mol-mulk sotayotganidan hamda mahalliy biznesni rivojlantirishga yordam bermayotganidan norozi. Mitingga chiqishga “Qozog‘iston Demokratik partiyasi” harakatining yetakchisi Janbolat Mamay va qochqin muxolifatchi Muxtor Ablyazov chaqirgan.

Xabarga ko‘ra, Olma-otadagi aksiyaga 300ga yaqin odam yig‘ilgan. Ko‘pchilik qo‘llarida Xitoyga qarshi shiorlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib olgan. Namoyishchilar Qozog‘istonda Xitoy tomonidan 56 ta fabrika qurilishiga qarshi chiqib, xitoyliklarga yer sotmaslik hamda Shinjondagi etnik qozoqlarga zulmni to‘xtatishni talab qilgan.

Qayd etilishicha, namoyish 3 soatdan oshiq davom etgan va har kim unda nutq so‘zlash imkoniyatiga ega bo‘lgan. 

Miting hokimiyat organlaridan ruxsat olingan holda tashkil etilgan. Shunga qaramay, ba’zi faollar maydonga ketayotganda hibsga olingan. Namoyish bo‘lib o‘tadigan joy oldindan o‘rab olinib, odamlarga faqat harorati o‘lchagandan keyin ruxsat berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Olma-ota Aqto'be Nur-Sutlon

Baholaganlar

860

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing