Nazarboyev tug‘ilgan qishloqda janjal yuz berdi. Hodisada qurol ishlatilgan

Olam

image

Qozog‘iston janubida Olma-ota viloyatida ommaviy janjal yuz berib, qurol ishlatildi. Hodisa joyiga Ichki ishlar vazirligining maxsus bo‘linmasi yuborilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, janjalda 20-30 yoshlardagi 30 ga yaqin odam ishtirok etgan. Ular Shamalg‘on qishlog‘ida to‘plangan. Voqeada jabrlanganlar bo‘lgan.

Hokimiyat vakillari ma’lumotni tasdiqlagan. Ma’lum qilinishicha, voqea joyidan turli kalibrli o‘qotar qurollar gilzalari va o‘q-dorilar, shuningdek, ikkita avtomobil topilgan.

Ma’lumot uchun, Shamalg‘on Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning tug‘ilgan joyi sifatida mashhur.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Olma-ota

Baholaganlar

777

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing