Olma-otada halok bo‘lgan va qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qozog‘istonning Olma-ota viloyati Uyg‘ur tumanida O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatandoshini o‘ldirishda ayblanib qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonda halok bo‘lgan va qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi 27 iyul kuni Olmaota viloyati Uyg‘ur tumanida sodir bo‘lgan janjalda O‘zbekiston fuqarosi M.K. o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabarlarni tasdiqlagan.

Marhumning jasadi qarindoshlari hamrohligida Vatanga jo‘natilgan.

Mazkur jinoyat sodir qilishda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi U.S. qo‘lga olingan va ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratda ushlab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV qotillik Olma-ota

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing