OTM uchun 60,5 mln dollar ajratiladi
Jamiyat
−
15 aprel 2019
4584O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda OTMning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha yangi loyihani amalga oshiradi.
Oliy ta’lim tizimida Islom taraqqiyot banki investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan “Oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi ish faoliyatini boshladi.
Loyihaning umumiy qiymati 60,5 million AQSH dollari miqdorida bo‘lib, bunda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari 47,72 million AQSH dollari va O‘zbekiston Respublikasi ulushi 12,81 million AQSH dollarini tashkil qiladi.
Loyihaning asosiy maqsadi respublika miqyosida 50 ta OTMni zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlashdan iborat.