Oliy toifali pedagoglar uchun majburiy attestatsiyadan o‘tish bekor qilinadi
Jamiyat
−
13 Sentabr 2022
9293Oliy malaka toifasiga ega pedagog kadrlar majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalarga yo‘llagan xatida aytilgan.
Xatga ko‘ra, 2022 yil 2 avgustgacha stajiga 15 yil to‘lgan va 2 avgust kunida oliy toifaga ega bo‘lgan barchani oliy toifasi saqlanishi va oliy toifa puli to‘lanishi belgilandi.
Endilikda 2022 yil 2 avgustgacha 15 yil ish stajga ega bo‘lgan va 2 avgust kuni kelganda hech bo‘lmasa oliy toifada turgan pedagog umrbod oliy toifali deb hisoblanadi.
Shuningdek, ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan magistr darajasiga ega mutaxassislarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirgan magistr darajasiga ega pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilynga kadar ikkinchi malaka toifasi bo‘yicha tarifikatsiyadan o‘tkaziladi va to‘lovlar belgilanadi.
LiveBarchasi