Oliy ta’lim tizimida eng ko‘p qaysi masalada korrupsiya uchramoqda?

Jamiyat

image

Bugun, 7 noyabr kuni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligida korrupsiya holatlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Oliy ta’lim tizimida ham korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar to‘liq bartaraf etilmaganligi ham ko‘rsatib o‘tildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 9 oyda tizimdagi 70 nafar xodimlar ta’lim jarayoni bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir qilgan. Tizimda eng ko‘p kuzatilayotgan korrupsiya o‘qishga kiritish masalasi bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. 

Bosh prokuror tomonidan nostrifikatsiya jarayonida korrupsiyaviy omillar tanqid ostiga olindi.

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining yordamchisi Sh. sheriklari orqali 
4 nafar fuqarodan xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilib berish evaziga jami 6.500 dollar olganda ushlangan”, dedi Bosh prokuror.

Ta’lim sifatini nazorat qilishga mas’ul idoraga xorijiy diplomni nostrifikatsiya qilish, ya’ni boshqaruv idorasi funksiyasining berilishi korrupsiyaning oldini olish imkonini cheklashi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing