Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bir necha tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
31 yanvar 2023
8640Prezident qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rahbariyat tarkibida bir necha o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga ko‘ra:
Komiljon Karimov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Shahloxon Turdiqulova oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Olimjon To‘ychiyev vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori hamda Madjit Karimov Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori lavozimlariga tayinlandi.
Bundan tashqari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
LiveBarchasi