Oliy sudga yangi sudyalar saylandi
Jamiyat
−
05 iyun 2023
7753O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Sudyalar oliy kengashi a’zolar tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Oliy Sud Matbuot xizmati xabar berdi.
Quyida o‘n yillik muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylanganlar bilan tanishishingiz mumkin:
- Nurali Jovliyev (1981 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi lavozimida ishlagan);
- Nodirjon Xojimatov (1983 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, Farg‘ona viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimida ishlagan);
- Sharofiddin Boliyev (1982 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimida ishlagan);
- Durdonaxon Abduqahhorova (1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);
- Abatbay Ayapov (1984 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);
- Elbekjon Turg‘unboyev (1983 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);
- Lutfulla Mamarajabov (1980 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);
- Zoir Rustamov (1981 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Surxondaryo viloyatining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);
- Feruz Rajabov (1983 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan).
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori bilan Alisher Shonazarovich Hamroyev va Go‘zal Ravilevna Ziganshina besh yil muddatga o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zolari – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalari etib saylangan.