Oliy suddagilar 40 ming dollarlik mashina minadimi?

Jamiyat

Siz qaysi kasb egasisiz va qanday avtomobil haydaysiz? O‘zbekistondagi amaldorlar, masalan sudyalar qanday mashina minishini bilasizmi? Gap shundaki, bugun, 20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida Oliy sud raisi o‘rinbosarlari va OAV ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda jurnalistlardan biri Oliy sudga qarashli avtoturargohda bahosi 35-38 ming dollar turadigan 5 ta KIA, taxminan 32 ming dollar qiymatidagi 3 ta Malibu va 30 ming dollarga baholanadigan 7 ta BYD avtomobillari borligi hamda bu qimmatbaho avtoulovlar sudyalarning qaysi puliga olingani haqida so‘rab qoldi. 

Savoldan o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan sudyalar esa shunday javob berdi:

“Birinchidan, xohlasangiz hozir birga avtoturargohga chiqamiz. Beton bilan chegara tortilgan joy bor. Katta maydon – bu Oliy sudning mashinalar turarjoyi. 3 ta Malibu va 2 ta BYD ni qayerdan oldingiz bilmadim. Endi bu yerda Xalq ta’limi [boshqarmasi] bor, [atrofda] katta qurilish bo‘lyapti, [qolaversa] bu tarafda kafe bor. Ko‘pchilik avtoturargohga mashinasini qo‘yib ketadi. Kadrlar boshqarmamiz boshlig‘i ham shu yerda. Agar bizda shunaqa mashinasi borlar bo‘lsa, marhamat aytsin. 

Ikkinchidan, hamma orzu-havas bilan yashaydi. Kreditga olgan bo‘lishi ham mumkin. Yoki biron joyda bu mumkin emas, degan joyi bormi? Sudyalarning oyligi juda ham yaxshi. Shuning uchun, bu yaxshi imkoniyat beryapti. Masalan, sudyalarimiz oyligini yig‘ib 10-15 yilga kreditga uy olyapti”, deydi Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikromjon Muslimov.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud Ikromjon Muslimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing