Oliy sud Zelenskiyga ukrain tilida gaplashish majburiyatini yukladi
Olam
−
10 Oktabr 2020
4897Ukraina oliy sudining katta palatasi mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiyga xizmat vazifasini bajarish vaqtida rus tilida emas, ukrain tilida gaplashishni majburiy qilib belgiladi.
Avvalroq Ukraina fuqarosi davlat rahbariga qarshi da’vo bilan sudga murojaat qilgan. U iForum -2019 Internet arboblari forumida Zelenskiyning rus tilida gaplashishini noqonuniy deb topishni talab qilgan. Shuningdek, ukrainalik Prezident davlat tilidan boshqa tilda gaplashishini taqiqlashni so‘ragan. Oliy sud tarkibidagi kassatsiya sudi da’vogarning talabini qondirmadi, ammo u apellyatsiyaga berdi.
“Oliy sudning Katta palatasi da’vogarning shikoyatini ko‘rib chiqib, o‘zining rasmiy vazifalarini bajarishda Ukraina Prezidenti davlat tilida muloqat qilishga majbur ekanligini ko‘rsatdi”, deyilgan sud matbuot xizmati xabarida.
Shu bilan birga, Zelenskiy Konstitutsiyada nazarda tutilgan vakolatlarni bajarish chog‘ida emas, balki siyosiy faoliyat doirasida amalga oshirilgan harakatlar uchun prezident yuridik emas, balki siyosiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
LiveBarchasi