Oliy sud Yulduz Usmonova ishi bo‘yicha bayonot berdi

Madaniyat-san’at

image
Yulduz Usmonovaning hayoti xavf ostidami? north_east

Yulduz Usmonovaning hayoti xavf ostidami?

Kecha, 5 may kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlarini haqorat qilgani bo‘yicha ochilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqilishi aytilgan sud majlisi o‘tkazilmay qolgani haqida xabar bergan edik.

Ichki ishlar vazirligi sud majlisi 5 may kuni Ma’muriy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida soat 14:00 da boshlanishini ma’lum qilib, jurnalistlarni to‘pladi. Ammo sud bo‘lmadi. Jurnalistlar soat 18:00 gacha sud binosi oldida kutib, ortga qaytishiga to‘g‘ri keldi.

Shundan so‘ng, QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova Oliy sud va IIVga sud majlisi nega o‘tkazilmagani, Yulduz Usmonova nega kelmagani bo‘yicha savollar bilan videomurojaat yo‘lladi. Ushbu murojaatga Oliy sud quyidagicha izoh berdi:

"Hurmatli OAV vakillari! Hozirgi paytga qadar fuqaro Yulduz Usmonovaga oid ish materiallari sudga kelib tushmagan.

Ushbu ish surishtiruv organi tomonidan sudga taqdim etilishi bilan sud majlisi o‘tkaziladi va qonun doirasida ko‘rib chiqiladi”, deyiladi izohda.

Ayblanuvchi Usmonovaning o‘zi esa bu vaqtda Instagram`dagi sahifasida jonli muloqot uyushtirib, Sirdaryoga borolmaganini, xayriyani administratorlari orqali jo‘natganini va o‘zi hamon uyida ekanini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 may kuni ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmenti xonanda Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlariga qarata aytgan haqoratlari bilan to‘lgan videomurojaatdan “portladi”. Usmonova Sirdaryoliklar uchun yig‘ilgan xayriyani manziliga yetkazish uchun yordam berishga kelishgan YPX xodimlari kelmaganidan achchiqlangan edi. Xonanda birozdan keyin uzr so‘rab chiqqan bo‘lsa-da, Ichki ishlar vazirligi holat bo‘yicha surishtiruv boshlaganini bildirdi.

Madaniyat vazirligi videoga munosabat bildirib, Yulduz Usmonovani koyigan bo‘ldi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi esa xonandaning odob-ahloqi Madaniyat vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashida ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Yulduz Usmonova

Baholaganlar

7331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing