Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Jamiyat
−
14:13 1937 1 daqiqa
Kecha, 19 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq, Malikaxon Qalandarova sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, shundan besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi etib saylangan.
Shuningdek, Abrorxon Akramov, Jahongir Jo‘rayev, Nosir Zaynabiddinov, Mansurbek Qurbonov, Jamoladdin Kuryazov, O‘ktam Mamadiyev, Shuhrat Mullajanov, Umida Nishonova va Odiljon Turdiyev o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylangan.
Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Olimjon Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimidan, T.Mirzayev, M. Eshimbetov, B. Ergashev, shuningdek, o‘z arizasiga binoan A.Bekmanov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sudyalarni navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlash (saylash) tartibi bekor qilinib, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibini belgilanishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi