Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston
−
14 Iyul 2020 14557 1 daqiqa
Oliy Majlis Senati Kengashining qarori bilan Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi.
Jumladan, Bahrom Abduvaliyevich Tangabayev o‘n yil muddatga, Ibrohim Mirzarahimovich Alimov muddatsiz davrga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Senatning shu qarori bilan Xurshid Iskandarovich Qosimov va Alisher Abduxalimovich Jalilov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq, senator Robaxon Mahmudova Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr