Oliy sudning 2 sudyasi ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildimi?

3-sahifa

image

Oliy sudning ikki nafar sudyasi Erkin Ergashov va Feruz Tursunov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bugun, 20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bu xabarlar rad etildi. 

Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikromjon Muslimovning aytishicha, sudyalar Erkin Ergashov va Feruz Tursunovning ikkalasi ham ishdan olinmagan, balki o‘z arizasi bilan ishdan bo‘shagan.

“Ergashev bugungi kunda advokatlik faoliyati bilan shug‘illanayaptimi yoki shu litsenziya olish jarayonidami? Mening eshitishimcha, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanyapti. Tursunov haqida ham bugungi kunda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishga harakat qilib yurgan, deb eshitdim. Biroq ularning ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida eshitganim yo‘q”, deydi Muslimov.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasining Navoiy viloyat vakolatxonasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi sudyasi pora bilan qo‘lga tushgandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy sud sud'ya Ikromjon Muslimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing