Oliy sud sobiq xodimini o‘ldirib, jasadini “Bo‘zsuv”ga tashlagan qotil 19 yilga “kesildi”
3-sahifa
−
11 dekabr 2020
13185Avvalroq, joriy yilning 8 avgust kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida safar chamadonidan Oliy sud sobiq xodimining jasadi topilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 11 dekabr kuni Jinoyat ishlari buyicha Toshkent shaxar sudida mazkur jinoyat bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Jinoyat ishi sudya A.Jalilov raisligida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmi bilan ayblanuvchi Ravshan Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi va 227-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasi tartibida Ravshan Hakimovga tayinlangan jazolarni qisman qo‘shishlik yo‘li bilan uzil-kesil 19 (o‘n to‘qqiz) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlik belgilandi. Jazoni o‘tash muddati 2020 yil 10 avgustdan boshlab hisoblanadi.
Yana bir ayblanuvchi Abror Mirzajanov JKning 227-moddasi 2-qismi “a” bandi va 241-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Abror Mirzajanovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shishlik yo‘li bilan uzil-kesil 5 (besh) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni manzil-koloniyasida o‘tashlik belgilandi. Jazoni o‘tash muddati 2020 yil 10 avgustdan boshlab hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Hakimov o‘z qurbonini rashk sabab o‘ldirgani aytilgandi. Asli kasbi shifokor bo‘lgan aybdor jabrlanuvchining shar’iy nikohida bo‘lgan xotinini yaxshi ko‘rgan. Aybdor o‘zi jinoyatini yashirish uchun marhumning jasadini chamadonga joylab, “Bo‘zsuv” kanaliga tashlab yuborgan.