Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
Jamiyat
−
21 Sentabr
6396Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Ikromjon To‘xtamurodovich Muslimov lavozimidan ozod etildi. U Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – Sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi. Ularning nomzodi bugun, 21 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining 57-yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Shuningdek, Olimjon Hamidovich Ismoilov Oliy sud raisi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Ikrom Muslimov 1972 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. Mutaxassisligi – huquqshunos. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida adliya va sud idoralarida turli lavozimlarda ishlagan. 1998-2001 yillarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani sudyasi, 2001-2005 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi, 2005-2013 yillarda Oliy sud sudyasi, 2013-2018 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudi raisi bo‘lib ishlagan. 2018-2019 yillarda Oliy sud sudyasi, 2019 yil 12 oktyabrdan hozirga qadar Oliy sud raisi o‘rinbosari – Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Oybek A’zamjonovich Barakaboyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilgandi.