Oliy Sud Xorazmdagi pedofil amaldorlar ishini qayta ko‘rib chiqadi
3-sahifa
−
03 aprel 2023
10651Ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lgan Xorazmdagi bolalar uyining uch nafar tarbiyalanuvchisini zo‘rlagan sobiq amaldorlarning ishi kassatsiya tartibida 6 aprel kuni ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Oliy Sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 3 aprel kuni Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimini A.M. va A.Q.ga oid qismini bekor qilib, ishni yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti kelib tushgan.
Obidovning ma’lum qilishicha, ushbu protest Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida kassatsiya tartibida joriy yilning 6 aprel kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Xorazmdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari (3 nafar qiz) 10 oy davomida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i va Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan zo‘rlab kelingan. Ularga nisbatan 1,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Shuningdek, ularga sharoit yaratib bergan bolalar uyi rahbari 5 yarim yilga qamalgan.
Bosh prokuratura holat bo‘yicha munosabat bildirib, yengil jazo bo‘yicha Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi sudiga protest keltirilgani haqida xabar qilgan edi.