Oliy Majlis va Senat qo‘shma majlisi boshlandi
Jamiyat
−
21 yanvar 2020
4374Avval xabar berganimizdek, bugun, 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisi boshlandi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Ushbu yig‘ilishda Hukumat rahbari, ya’ni Bosh vazir nomzodini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistonda o‘tgan saylovda katta natija bilan g‘alaba qozongan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Bosh vazir lavozimiga mos ravishda Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatgan edi.
Kecha, 20 yanvar kuni Senatning birinchi yalpi majlisi Bosh vazir va uning Hukumat iste’foga chiqdi.
Majlisda 150 nafar deputat, 96 nafar senator ishtirok etmoqda. Majlis spiker tomonidan ochiq deb e’lon qilindi.
LiveBarchasi