Turistlar oqimini 12 millionga yetkazib, ishsizlikni kamaytiramiz – Mirziyoyev

Jamiyat

image
Kadr yo‘q. Izlamayapmiz emas, topolmayapmiz – Prezident north_east

Kadr yo‘q. Izlamayapmiz emas, topolmayapmiz – Prezident

O‘zbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev keyingi besh yilda O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar sonini 12 millionga yetkazish rejasi borligini ochiqladi. Bu haqda davlat rahbari bugun, 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis va Senat qo‘shma majlisida ma’lum qildi. 

“Xorijiy turistlar sonini 5 yilda 12 mln nafardan oshirish vazifasini belgilab olganmiz. Buni amalga oshirish uchun birinchi navbatda infratuzilmalarni yaxshilash, mehmonxonalarni ko‘paytirish, transport tarmoqlarini rivojlantirish va  xizmatlar sifatini yuksaltirish Hukumat va hokimlarning asosiy diqqat-e’tiborida bo‘lishi kerak”. 

Davlat rahbari agar turizmda va boshqa ijtimoiy sohalarda ko‘zlangan natijaga erishilsa, mamlakatda ishsizlik 7 foizga kamayishini aytib o‘tdi:

“Yuqorida aytilgan barcha rejalarni ro‘yobga chiqarish hisobiga ishsizlikni 7 foizgacha kamaytirish, yiliga kamida 500 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini ikki baravarga oshirish yangi Hukumat oldidagi eng muhim vazifalar bo‘lishi shart”.

Davlat rahbari turizm sohasidagi rejalar haqida so‘z yuritib, bu raqamlar havoyi emasligi, amalga oshirish esa Hukumat oldida turgan asosiy vazifa ekanini ta’kidladi. 

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari Hukumat raisi lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini ilgari surdi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Turizm Qo'shma majlis

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing