Kadr yo‘q. Izlamayapmiz emas, topolmayapmiz – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda ishtirok etayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev kadrlar masalasini tanqid qilib o‘tdi.  

“Hozirgi hukumat, ko‘p vazirlar yuklatilgan vazifalarni bajara olmayapti, desak bu ham adolatdan bo‘ladi. Hozirgi vaziyatda halol va pok bo‘ladigan rahbarlarni izlab topsalaring men sizlardan minnatdor bo‘lardim. Ming afsus, kadr yo‘q. Rezervimiz yo‘q. Rezerv bo‘yicha mutlaqo tayyorgarlik bo‘lmagan. 

Vazirlar o‘z ishini eplamagani uchun joylarda muammolar o‘z yechimini kutyapti. Xalqimizning talab va ehtiyojlari kun sayin o‘sib bormoqda. Shuning uchun yangi Hukumatning barcha a’zolaridan o‘zi mas’ul va javobgar bo‘lgan sohalarga tanqidiy yondashib, kelgusidagi rejalarini ortig‘i bilan bajarish, xalqimiz va parlamentga berilgan va’dalar ustidan to‘liq chiqish talab etiladi. 

Tarixda shaxsning roli katta. Gar har bir korxonaga, kompaniyaga, vazirlikka, Bosh vazir o‘rinbosarligiga munosib nomzodni to‘g‘ri topsak juda katta muvaffaqiyat shunda. Mana, ko‘p sohalarga yosh kadrlarni qo‘yyapmiz, o‘zgarishlar ko‘rinib turibdi. Lekin ko‘p joylarda hali topolmayapmiz. Topolmayapmiz degani, islamayapmiz degani emas. Kadrning o‘zi yo‘q. Xohlagan odamni u sohalarga qo‘yib bo‘lmaydi. U juda murakkab texnologiya. Bu uchun juda katta bilim kerak, tajriba kerak. Bu uchun vatanparvarlik kerak, halollik, poklik kerak. Korrupsiyani yo‘q qilish kerak. Eng katta illat – hali orqamizda korrupsiya yuribdi”. 

Prezident nutqini davom ettirarkan, Toshkent viloyatidagi korrupsion holatlar, tanish-bilishchilik masalalariga to‘xtaldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing