Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida qanday qonunlar ko‘rib chiqildi?
Jamiyat
−
03 may 2019
41262019 yil 3 may kuni Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlagan edi. Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilinishicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda quyidagi qonunlar ma’qullandi:
• Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida;
• Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida;
• Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
• Yaylovlar to‘g‘risida;
• O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida;
• O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
• O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
• Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001 yil 22 may) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida.