Oliy Majlis Senati yalpi majlisining ikkinchi ish kuni boshlandi

Jamiyat

image

2019 yil 3 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Bugun – 4 may kuni Toshkent shahrida yalpi majlisning ikkinchi ish kuni boshlandi.

Majlisni Senat raisi N.Yo‘ldoshev ochiq deb e’lon qildi.

Yalpi majlisning birinchi ish kunida kun tartibiga kiritilgan 23 masaladan 12 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, bugun qolgan masalalar ko‘rib chiqiladi.

Kun tartibiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Hisob palatasining 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari eshitiladi.

Toshkent viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti to‘g‘risida, 2019 yilda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish dasturiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Suv ob’ektlariga oqindi suvlarni oqizish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziriga parlament so‘rovi yuborish ko‘zda tutilgan.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish va uni o‘tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripovga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilinadi. Shuningdek, Senat vakolatiga oid yana boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

6

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing