Oliy ma’muriy sud Turkiyaning Istanbul konvensiyasidan chiqishini ma’qulladi

Olam

image

Turkiya Oliy ma’muriy sudi kecha, 2 yanvar kuni Turkiyaning Ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Istanbul konvensiyasidan chiqishini ma’qulladi va qonuniy deb tan oldi. Bu haqda sud qarorida aytilgan. 

2019 yil mart oyida xalqaro shartnomadan chiqish qarorini Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an qabul qilgan edi. Bunga konvensiya mamlakatning an’anaviy asoslariga zid ekanligi va bir jinslik munosabatlarni targ‘ib qilayotgani turtki bo‘lgan. Hujjat hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi vakili bo‘lgan konservativ doiralarda eng katta tanqidga sabab bo‘ldi. 

Ammo mamlakat aholisining ko‘pchilik qismi, ayniqsa, ayollar Hukumatning ushbu xalqaro shartnomadan chiqishini qoralab kelmoqda. Yirik shaharlarda allaqachon bir necha bor namoyishlar o‘tkazilgan. 

Yevropa Kengashining ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi xalqaro kelishuvi bo‘lgan Istanbul konvensiyasi 2011 yil may oyida qabul qilingan. Hujjatda, xususan, biologik jins o‘rniga “gender” tushunchasi kiritilgan. Konvensiya 2014 yilda kuchga kirdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Istanbul konventsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing