“Olimpiya shtammi”: Tokio nimadan xavotirda? 

Olam

image

Tokioda yozgi Olimpiya o‘yinlarining o‘tkazilishi yangi koronavirus turini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Yaponiya shifokorlari kasaba uyushmasi rahbari Naoto Ueyama ma’lum qilgan.  

“Virusning turli joylarda mavjud bo‘lgan barcha mutant shtammlari shu yerda — Tokioda birlashadi. Olimpiya o‘yinlaridan keyin paydo bo‘ladigan yangi shtamm ehtimolini ham inkor eta olmaymiz. Agar shunday vaziyat yuzaga kelsa, demak, bu Tokiodagi yangi virus turiga "Olimpiya" deb nom berishni anglatishi mumkin”,  deya Ueyamaning so‘zlarini keltirgan “Japan Times”. 

Uning ta’kidlashicha, bu ulkan fojia bo‘lib, hatto keyingi 100 yil davomida tanqid ob’ektiga aylanishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Tokio yozgi Olimpiya o‘yinlarining bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlovchi petitsiya “change.org” veb-saytiga joylashtirilgan. U bugunga qadar 400 ming imzo to‘plagan.  

Ma’lumot o‘rnida, yozgi Olimpiya o‘yinlari joriy yil 23 iyuldan 8 avgustgacha Tokioda bo‘lib o‘tadi. Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa 2020 yildan 2021 yilga qoldirilgandi. Kasallik tarqalish xavfi tufayli o‘yinlarni chet ellik tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Tokio

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing