Koronavirus vahimasi: Tokio Olimpiadasiga qarshi petitsiya 350 ming imzo to‘pladi
Sport
−
14 may 2021
5126Tokio yozgi Olimpiya o‘yinlarining bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlovchi petitsiya bugun, 14 mayga qadar 350 ming imzo to‘pladi. Bu haqda u joylashtirilgan “change.org” veb-sayti xabar bermoqda.
Murojaatga yaponiyalik huquqshunos va siyosatchi Kendzi Usunomiya mualliflik qilgan. Hujjat saytga 5 may kuni joylashtirilgan.
Unda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan hozirgi sharoitda bunday keng ko‘lamli sport musobaqasini o‘tkazish xavfli ekanligi ta’kidlangan.
“Biz qisqa vaqt ichida juda ko‘p tarafdorlarni yig‘ishga muvaffaq bo‘lganimiz meni juda ruhlantirdi. Ushbu mavzu Yaponiya va chet ellarda keng rezonans yaratdi. O‘yinlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar o‘z faoliyatimizni davom ettirish niyatidamiz”, degan Usunomiya.
Ma’lumot o‘rnida, yozgi Olimpiya o‘yinlari joriy yil 23 iyuldan 8 avgustgacha Tokioda bo‘lib o‘tadi. Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa 2020 yildan 2021 yilga qoldirilgandi. Kasallik tarqalish xavfi tufayli o‘yinlarni chet ellik tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilingan.
LiveBarchasi