“Olimpiakos” futbol klubi rahbari koronavirusga chalindi

Sport

image

Gretsiyaning "Olimpiakos" futbol klubi rahbari Evangelos Marinakis koronavirusga chalindi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi. 

Britaniya nashrlarining qayd etishicha, "Olimpiakos" klubi futbolchilarining barchasi Yevropa ligasi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o‘yin oldidan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 12 mart kuni, Yevropa ligasi 1/8 final bosqichi doirasida Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi o‘z uyida Angliyaning "Vulverxempton" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Koronavirus epidemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalganligi sababli, ushbu o‘yin muxlislarsiz o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Ayni damda, 116 695 nafar inson koronavirus bilan kasallangan. 4091ta odam ushbu virus sababli vafot etgan. 64750 nafar odam COVID-19 virusidan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Koronavirus Olimpiakos Evangelos Marinakis

Baholaganlar

125

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing