Olimpiadaning o‘n uchinchi kunidan so‘ng medallar jamg‘arish reytingi qanday?

Sport

image

Kecha, 19 fevral kuni 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining 13-rasmiy musobaqa kuni yakunlandi. Kun doirasida sportchilar to‘rtta sport turi (shimoliy kombinatsiya, konkida uchish, chang‘i alpinizmi va figurali uchish) bo‘yicha beshta medallar jamlanmasi uchun kurashdi. 

Kun yakuniga ko‘ra, Norvegiya delegatsiyasi umumiy medal hisobi bo‘yicha ishonchli tarzda yetakchilikni saqlab qoldi. Ular hisobida jami 34 ta medal (16 ta oltin, 8 ta kumush va 10 ta bronza) bor.

 AQSH delegatsiyasi 27 ta medal (9 ta oltin, 12 ta kumush va 6 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikni esa Mezbon Italiya jamoasi jami 26 ta medal (9 ta oltin, 5 ta kumush va 12 ta bronza) bilan yakunladi.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-10 talik quyidagicha:

  • Norvegiya – 16 oltin, 8 kumush, 10 bronza;
  • AQSH – 9 oltin, 12 kumush, 6 bronza;
  • Italiya – 9 oltin, 5 kumush, 12 bronza;
  • Fransiya  – 6 oltin, 8 kumush, 5 bronza;
  • Niderlandiya  – 6 oltin, 7 kumush, 3 bronza;
  • Shvetsiya  – 6 oltin, 6 kumush, 3 bronza;
  • Shveysariya – 6 oltin, 4 kumush, 4 bronza;
  • Germaniya – 5 oltin, 8 kumush, 8 bronza;
  • Avstriya   – 5 oltin, 8 kumush, 5 bronza;
  • Yaponiya – 5 oltin, 7 kumush 12 bronza.

Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Norvegiya medallar reytingi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing