Olimpiadaning o‘n to‘rtinchi kunidan so‘ng medallar jamg‘arish reytingi qanday?

Sport

image

Kecha, 20 fevral kuni Italiyada o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlari 14-rasmiy musobaqa kuni yakunlandi. Kun davomida sportchilar yettita medal jamlanmasi uchun bahslar bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar biatlon, konkida uchish, erkin usulda chang‘i uchish, short-trek hamda kyorling yo‘nalishlarida aniqlandi. 

Kun yakunlariga ko‘ra, Norvegiya terma jamoasi umumiy 37 ta medal (17 ta oltin, 10 ta kumush va 10 ta bronza) bilan peshqadamlikni saqlab qoldi.

AQSH delegatsiyasi 27 ta medal (9 ta oltin, 12 ta kumush va 7 ta bronza) bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Mezbon Italiya delegatsiyasi esa jami 27 ta medal jamg‘argan holda (9 ta oltin, 5 ta kumush va 13 ta bronza) va kuchli uchlikdan joy olgan.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-10 talik quyidagicha:

  • Norvegiya – 17 oltin, 10 kumush, 10 bronza;
  • AQSH – 10 oltin, 12 kumush, 7 bronza;
  • Italiya – 9 oltin, 5 kumush, 13 bronza;
  • Niderlandiya – 8 oltin, 7 kumush, 3 bronza;
  • Germaniya – 6 oltin, 8 kumush, 8 bronza;
  • Fransiya – 6 oltin, 8 kumush, 6 bronza;
  • Shveysariya – 6 oltin, 6 kumush, 5 bronza;
  • Shvetsiya – 6 oltin, 6 kumush, 4 bronza;
  • Avstriya – 5 oltin, 8 kumush, 5 bronza;
  • Yaponiya – 5 oltin, 7 kumush 12 bronza.

Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari medal' medallar reytingi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing