Olimpiadaning qoidabuzar chempioni

Intervyu

Ortda qolayotgan yilda Parijda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlari tom ma’noda o‘zbek sporti yangi darajaga chiqqanini ko‘rsatib berdi. 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza, jami 13 ta medal bilan umumjamoa hisobida 13-o‘rinni qo‘lga kiritgan delegatsiya hisobiga eng ko‘p va sifatli medallarni qo‘shib qo‘ygan bu boks terma jamoasi a’zolari bo‘ldi.

Jumladan, -71 kg vaznda ishtirok etgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ko‘plab tanqidlarga qaramay, kuchli raqiblarini dog‘da qoldirib, yakunda Olimpiada chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.

2023 yil Xitoyda o‘tgan Osiyo o‘yinlarida Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovni 2 ta raundda yutib, 3-raundda texnik nokautga uchraganidan keyin ko‘plab tanqidlarga uchragandi, biroq sportchi og‘ir mag‘lubiyatdan sinib qolmadi va to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasiga munosib tayyorlanib, yakunda oltin  medalga sazovor bo‘ldi.

QALAMPIR.UZ Mo‘ydinxo‘jayev bilan intervyu tashkillashtirib, Shimbergenovdan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi qiyinchiliklar va To‘lqin Qilichevsiz Olimpiada finalida ishtirok etgani bilan bog‘liq holatlarga qiziqdi. 

“Shimbergenovdan uchralgan mag‘lubiyatni men o‘zim uchun katta tajriba sifatida qabul qilaman. Bu muvaffaqiyatsizlikdan keyin o‘z ustimda ishladim va yakunda Olimpiya chempioni bo‘ldim”, deydi Mo‘ydinxo‘jayev.

Shuningdek, 23 yoshli bokschi Toshkent ko‘chalarida Prezident sovg‘a qilgan Tahoe avtomobilida qayd etgan qoidabuzarligi bilan bog‘liq vaziyatga ham izoh berdi. 

“Bu to‘qlikka sho‘xlik emas. Qonun hamma uchun barobar. To‘g‘risi, hammasi tasodifan sodir bo‘ldi”, deydi bokschi.

Ma’lumot uchun, Mo‘ydinxo‘jayev 2001 yil 8 may kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. Olimpiada chempioni bo‘lishdan tashqari 2022 yil Ammanda o‘tgan Osiyo chempionatida bronza medalga, 2023 yil Toshkent mezbonlik qilgan Jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Olimpiada Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing